Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda teleboshlovchi jonli efir vaqtida hujumga uchradi (video)
Tailandlik teleboshlovchi Tananya Pipitvanichakarn jonli efirni olib borayotganda hujumga uchradi. Noma'lum ayol studiyaga bostirib kirib, teleboshlovchiga otvyortka bilan tahdid qilgan. Voqea videosi Daily Mail nashri tomonidan e'lon qilindi.
Pipitvanichakarn telelotereya natijalarini e'lon qilmoqchi bo‘lganda ayol uning yoniga kelib, bo‘yniga otvyortka tiragan. Teleboshlovchining hamkasblari vaziyatga tezlikda aralashib, bosqinchi ayolni chetga olishga muvaffaq bo‘lishgan. Jurnalistga jiddiy ziyon yetmagan, u faqatgina kichik jarohat olgan.
Hujum qilgan ayol politsiya tomonidan hibsga olingan. Ta'kidlanishicha, Prapan ismli 35 yoshli bu ayol politsiya bo‘limiga olib ketilayotganda ham o‘zini tajovuzkor tutgan.
Ayol hibsga olingan, unga qarshi ish qo‘zg‘atilgan. U aybini tan oluvchi ko‘rsatmalar bergan.
Jinoyatchining aytishicha, u hujum yordamida huquq-tartibot idoralari e'tiborini o‘z oilasiga qaratmoqchi bo‘lgan: uning onasi marixuana saqlash bo‘yicha noqonuniy hibsga olingan va u onasining aybsizligini isbotlamoqchi bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:57 / 02.05.2025
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
19:45 / 28.04.2025
Tailandga boradiganlar uchun yangi talab joriy etildi
17:41 / 25.04.2025
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
20:02 / 18.04.2025