Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida sobiq xotinini o‘ldirish uchun 1500 va'da qilib, qotillikka odam yollagan shaxs ushlandi
Toshkent viloyatida sobiq turmush o‘rtog‘ini o‘ldirish uchun 1500 AQSh dollar va'da qilib, qotillikka odam yollagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 2019 yil 11 fevral kuni Toshkent viloyati IIBga Chirchiq shahrida yashovchi 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro B.Yu. ariza bilan murojaat qilgan. U tanishi, Qibray tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan D.A. sobiq turmush o‘rtog‘i, 1979 yilda tug‘ilgan Sh.M.ni o‘ldirishi haqida topshiriq berib, evaziga unga 1500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni va'da qilayotganligini ma'lum qiladi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, 2019 yilning 13 fevral kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilib, buyurtmachi D.A. uchun sobiq turmush o‘rtog‘i Sh.M. o‘ldirilganligi, qotillik jinoyati B.Yu. tomonidan sodir etilganligi sahnalashtirilib, dalil sifatida foto suratlar hamda sobiq turmush o‘rtog‘iga tegishli ayollar sumkasi beriladi.
Shundan so‘ng buyurtmachi D.A. ishni bitirganligi uchun B.Yu.ga kelishilgan puldan 400.000 so‘mni berayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan fuqaro D.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25/97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025