Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekoboddagi markaziy dehqon bozori oldida yuz bergan janjal oqibatida bir kishi vafot etdi
2019 yil 3 mart kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahri O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan markaziy dehqon bozori oldidagi piyodalar o‘tish yo‘lagida 16 yoshli Sh.S. o‘zaro janjal oqibatida Bekobod shahrida yashagan 52 yoshli O.T.ning yuziga qo‘li bilan urgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, oqibatda O.T. boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan va voqea joyida vafot etgan.
Sh.S. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025