Jamiyat | 19:07 / 04.03.2019
5606
2 daqiqa o‘qiladi

Etik va kurtka yoqasiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari zargarlik buyumlarini yurtimizga noqonuniy olib o‘tish holatlariga chek qo‘yishmoqda.

Jumladan, mazkur postga kirib kelgan fuqaro T. N.ning xatti-harakatlari xodimlar e'tiborini tortdi. Ushbu shaxs xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada, uning qo‘l yuklari va etigi ichidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan, og‘irligi 252 grammni tashkil etuvchi 7,5 million so‘mlik 39 dona zargarlik buyumlari yashirilganligi aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Ushbu shaxs U.A.ning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida esa yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, jami og‘irligi 335 gramm bo‘lgan, oq metalldan yasalgan 10 million so‘mlik, 45 dona zargarlik buyumlarini yashirib, mamlakatimizga olib kirayotgani aniqlandi.

Fuqaro M.D. esa zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishning yangi usulini o‘ylab topgan ekan. Ushbu shaxs xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, egnidagi kurtkasi yoqasi chetiga yashirib tikilgan umumiy qiymati 13,3 million so‘mlik 444 gramm zargarlik buyumlarini yashirganligi fosh qilindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid