Jamiyat | 15:48 / 04.03.2019
34221
3 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda YoChT o‘qituvchisi ishtirokidagi janjal bo‘yicha yangi tafsilotlar: o‘quvchining talog‘i olib tashlandi

Illyustrativ foto

2019 yilning 23 fevral kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida joylashgan o‘rta maktabning Yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash fani o‘qituvchisi sinf xonasida o‘zaro janjal oqibatida shu maktabning 11-sinf o‘quvchisining qorniga qo‘li bilan urib jarohat yetkazgani haqida xabar berilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga ushbu voqea bo‘yicha ba'zi tafsilotlarni taqdim etdi.

Xususan, Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan aniqlanishicha, 2019 yil 23 fevral kuni soat 09:30larda Paxtachi tumanida joylashgan 2-sonli maktabning 11-sinf xonasida shu maktabda chaqiriqqa qadar yoshlarni tarbiyalash rahbari lavozimida ishlovchi 11-sinf o‘quvchisi bilan o‘zaro mojaroga borib, qo‘li bilan voyaga yetmagan shaxsning taloq qismiga urib, unga og‘ir tan jarohat yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda quyidagilar aniqlangan: 2019 yil 23 fevral kuni taxminan soat 14:45larda tuman markaziy shifoxonasining  shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi qabul bo‘limiga fuqaro D.Q. voyaga yetmagan farzandining qorindagi og‘rig‘i shikoyati bilan murojaat qilgan. Bemor tekshiruvdan o‘tkazilib, o‘tkir apenditsit tashxisi qo‘yilgan va operatsiya davomida qorin bo‘shlig‘ida qon borligi aniqlangan, taloqda jarohatdan so‘ng yorilish borligi aniqlangandan keyin splenekotomiya (taloq olib tashlash) operatsiyasini amalga oshirilgan.

Voyaga yetmagan shaxsning olgan jarohati og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida 2019 yil 28 fevral kuni sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Shuningdek, tuman prokuraturasi tomonidan mazkur holat yuzasidan o‘z vazifalariga mas'uliyatsizlik bilan qarab kelgan tuman IIB HOOB profilaktika inspektori S.T.ga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Tergovga qadar tekshiruv natijasi bo‘yicha 2019 yil 1 mart kuni Paxtachi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan YoChT o‘qituvchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, tergov jarayoni viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Mavzuga oid