Jahon | 15:11 / 08.03.2019
12588
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada hamkasblarini yillar davomida zaharlab kelgan shaxs bir umrga qamaldi

Foto: Global Look Press

Germaniyadagi Bilefeld shahri sudi davomida hamkasblarini bir necha yil davomida simob va boshqa moddalar bilan zaharlab kelgan shaxsga bir umrlik qamoq jazosi tayinladi.

The Independent nashrining xabar berishicha, u o‘tgan yili qo‘lga olingan: videokuzatuv kameralariga u hamkasbining buterbrodiga shubhali kukunni sepayotgani muhrlangan.

Uning uyi tintuv qilinganida kimyoviy laboratoriya borligi aniqlangan. Politsiyaning aniqlashicha, u bu yerda o‘zi ishlayotgan zavoddagi xodimlarning yeguliklariga qo‘shib qo‘yish uchun turli moddalarni sinovdan o‘tkazgan.

Nashrning ma'lum qilishicha, zaharlanish oqibatida ikki kishining buyragiga jiddiy zarar yetgan, yana bir kishi komaga tushib qolgan.

Uning nima uchun bunday qilgani hozircha ma'lum emas.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid