Jahon | 16:54 / 08.03.2019
8115
1 daqiqa o‘qiladi

Jimmi Karter Trampga yordam berish uchun KXDRga borishga tayyor

Foto: Gary Hershorn/ZUMAPRESS

AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter Shimoliy Koreyaga borib, Amerika yetakchisi Donald Trampga KXDR rahbari Kim Chen In bilan muzokaralarda «boshi berk ko‘chadan» chiqishda yordam berishga tayyor. Bu haqda Politico xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, agar AQSh hukumati undan yordam so‘rasa, Karter KXDRga borishga tayyordir.

Qayd etilishicha, Karter Shimoliy Koreyada hurmat bilan qaraluvchi shaxs sanaladi.

Shu bilan birga, AQSh sobiq prezidenti KXDR va boshqa mamlakatlardagi tinchlikparvar missiyalarda bir necha bor qatnashgan.

Bundan oldin, AQSh Shimoliy Koreyaning yadroviy qurolsizlanish muddati haqida ma'lumot bergandi.

Mavzuga oid