Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda talonchilik qilgan shaxslar qo‘lga olindi
2018 yil 21 dekabr kuni Samarqand viloyati Jomboy tumani Nayman mahallasida yashovchi X.R. o‘zining “Gazel” rusumli avtomashinasida Jizzax viloyatining Paxtakor tumani Buyuk Ipak yo‘li QFY hududida to‘xtab dam olayotgan vaqtida, 3 noma'lum shaxs davlat raqamlari aniqlanmagan “Neksiya” rusumli avtomashinada kelib, uning avtomashinasi oynasini tosh bilan urib sindirishgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, so‘ng ular “Gazel” salonidan 5 500 000 so‘m pulini olib, voqea joyidan yashiringanlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Ohangaron tumani Qoraxitoy QFYda yashovchi B.A., M.A. va D.T. o‘zlarining boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasida sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
09:27 / 15.05.2025