Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela AQSh neft kompaniyasiga 7 mlrd yevro to‘lab berishga majbur bo‘ladi
Venesuela Amerikaning ConocoPhillips neft kompaniyasiga 8 milliard dollardan (7,1 milliard yevro) ortiq mablag‘ to‘lab berishi kerak. Jahon banki tashkilotlari guruhiga kiruvchi Investitsion bahslarni tartibga solish bo‘yicha xalqaro markazning tegishli qarori 8 mart, juma kuni e'lon qilindi.
Shu bilan birga, ushbu kompaniya 30 milliard dollarlik (26,7 milliard yevro) tovon puli talab qilgan. Karakas chiqarilgan qaror ustidan shikoyat arizasi bilan murojaat qilish huquqiga ega.
ConocoPhillips’ning da'vosi 2007 yilda Venesuela tomonidan Amerika kompaniyasiga tegishli uchta neft aktivining milliylashtirilishi bilan bog‘liq. 2013 yilda Investitsion bahslarni tartibga solish bo‘yicha xalqaro markaz Venesuela hukumati xatti-harakatini noqonuniy deb topdi, deya ta'kidlaydi Deutsche Welle.
Bundan oldin, Venesuela AQSh ustidan BMT oliy komissariga shikoyat qilmoqchi ekani xabar qilingandi.
Venesuela aloqa va axborot vaziri Xorxe Rodrigesning xabar qilishicha, mamlakat BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bacheletga o‘z energetika tizimiga amalga oshirilgan hujum bo‘yicha shikoyat bilan chiqadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025