Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guaydo elektr tizimida uzilish bo‘lgani sababli Venesuelada favqulodda vaziyat rejimini joriy etmoqchi
O‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qilgan Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaydo Milliy assambleyaga favqulodda vaziyat rejimini joriy etishni so‘rab murojaat qiladi, deb yozadi El Nacional.
«Men Milliy assambleyadan favqulodda vaziyat rejimini e'lon qilishini so‘ramoqchiman», — dedi Guaydo.
Guaydoning so‘zlariga ko‘ra, 8 mart kuni boshlangan va 60 soatga yaqin davom etgan elektr ta'minotidagi uzilish oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘lgan, mahalliy tadbirkorlar esa 400 mln dollarga yaqin mablag‘ yo‘qotgan.
8 mart kuni Venesuelaning 23 shtatidan 21tasi elektr ta'minotisiz qoldi, poytaxtda metro, internet va uyali aloqa tizimi uzilishlar bilan ishladi.
Prezident Nikolas Maduro voqeada «Amerika imperializmi»ni aybladi. Keyinroq Venesuela axborot vazirligi elektr energiyasi kiberhujum natijasida uzilib qolganini ma'lum qildi.
9 mart kuni Bolivar shtatidagi nimstansiyalardan birida portlash sodir bo‘ldi. Venesuela hukumati mamlakat energiya tizimiga hujum qilingani yuzasidan BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bacheletga murojaat qilinishini bildirdi.
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
13:56 / 02.05.2025
1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi
11:55 / 28.04.2025