O‘zbekiston | 13:24 / 11.03.2019
16797
2 daqiqa o‘qiladi

Muz saroylari viloyatlarda ham quriladi - federatsiya vitse-prezidenti

O‘zEOAVMA Media xollida o‘tkazilgan «Humo Arena» muz saroyining ochilishiga bag‘ishlangan media-iventda O‘zbekiston xokkey federatsiyasining vitse-prezidenti Bahodir G‘ofurov O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham muz saroylari qurilishi haqida gapirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Mart oyida yurtimizda Humo muz saroyi foydalanishga topshiriladi. Kelajakda bunday muz arenalari viloyatlarda ham ko‘payishiga umid qilamiz va xokkeyni butun mamlakatimiz bo‘ylab rivojlantiramiz», – degandi Umid Ahmadjonov O‘zbekiston xokkey federatsiyasi raisining o‘rinbosari saylangan anjumanda.

Kun.uz muxbirining ta'kidlashicha, Samarqand viloyatida muz saroyi qurilishi boshlangani haqida rasmiylar ma'lumot berib, uning 2020 yili foydalanishga topshirilishi mumkinligi aytilgan.

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirayotganda hududda muz saroyi qurilishi rejasi bilan tanishgandi

Ayni paytda boshqa hududlarda qurilishi rejalashtirilayotgan muz saroylari haqida batafsil yoxud rasmiy ma'lumot mavjud emas. 

Ma'lumot uchun, Toshkent shahrida qurilishi yakunlanayotgan Humo muz saroyi joriy yilning 15 mart kuni ochilishi rejalashtirilgan. Tantanali ochilish marosimiga 6 ming nafar mehmon, jumladan 200ga yaqin jurnalist va OAV vakillari taklif etilgan.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid