O‘zbekiston | 15:32 / 11.03.2019
4022
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda har yili 700 ming nafar homilador ayollar yuz foiz skrining tekshiruvi bilan qamrab olinadi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

“2018 – 2022 yillar davrida bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi”da zamonaviy skrining xizmatidan mamlakatimizningeng olis tumanlarida yashovchi aholi ham to‘liq bahramand bo‘lishini ta'minlash ko‘zda tutilgan”, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Xabarda aytilishicha, ushbu vazifalar ijrosi doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan homilador ayollarni ultratovush tekshiruvidan to‘liq o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yilib, bu borada barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“Prezidentimiz tashabbusi bilan Davlat budjeti hisobidan dunyodagi nufuzli “General Electric” kompaniyasining eng zamonaviy 200 ta ultratovush tekshiruvi apparatlari xarid qilindi. Mamlakatimizning barcha tuman va shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarining prenatal tashxis xonalari yuqori texnologik imkoniyatga ega bo‘lgan ushbuapparatlar bilan jihozlandi”,– deydi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov. 

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Vazirning aytishicha, ilgari homilador ayollar Toshkent shahri yoki viloyat markazlariga kelib-ketishgan bo‘lsa, hozirda bunga hojat qolmadi. Bundan tashqari, avvallari homilador ayollar ultratovush tekshiruvi bilan 40-50 foiz qamrab olingan bo‘lsa, ayni paytda O‘zbekistonda har yili o‘rtacha 700 ming nafar homilador ayol yuz foiz skrining tekshiruvi bilan qamrab olinadi. 

Eng muhimi, 14 haftagacha bo‘lgan muddatdagi homila o‘sishida tug‘ma nuqsonlarni barvaqt aniqlash, o‘limga olib boradigan nuqsonlarga ega bolalar tug‘ilishining to‘liq oldini olish imkoni paydo bo‘ldi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid