1 mln o‘zbek yashovchi Qirg‘izistonda masjidlardagi ma'ruzalarni qirg‘iz va rus tilidan boshqa tillarda o‘tkazish taqiqlandi
Qirg‘iziston masjidlarida juma ma'ruzalarini qirg‘iz va rus tilidan boshqa tillarda o‘tkazish taqiqlandi. Bu haqda Qirg‘iziston musulmonlari boshqarmasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Qirg‘iziston muftiysi Maksatbek Toktomushev juma ma'ruzalari qirg‘iz tilida, zarurat bo‘lganda rus tilida o‘tkazilishi shartligi haqidagi buyruqni imzolagan. Buyruq muftiy tomonidan 6 mart kuni imzolangan.
Buyruqda aytilishicha, juma ma'ruzalari asosiy millat vakillari yashamaydigan hududlarda ham qirg‘iz tilida (zarurat bo‘lganda rus tilida) o‘tkazilishi shart. Xutbadan tashqari boshqa hollarda til bo‘yicha cheklovlar yo‘q.
Ta'kidlanishicha, mamlakat janubidagi ba'zi masjidlarda ma'ruzalar o‘zbek tilida o‘tkazilgan.
Mamlakatda qirg‘iz tili davlat tili, rus tili rasmiy til hisoblanadi.
Ma'lumot uchun: Qirg‘izistonda 6,2 mlndan ko‘proq odam yashaydi. O‘zbeklar soni 918 262 kishini tashkil etib, mamlakatning O‘zbekiston bilan chegaradosh janubi-g‘arbiy tumanlarida istiqomat qiladi (O‘sh, Jalolobod viloyatlari). Bundan tashqari, mamlakatda dog‘iston, tatar, qozoq, uyg‘ur, turk millatidagi kishilar ham yashaydi.
Alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, Qirg‘izistonda o‘zbek tili ona tili sifatida eng keng tarqalgan tillardan biridir. Rus tili eng keng tarqalgan ikkinchi til bo‘lsa, o‘zbek tili bu borada uchinchi o‘rinda turadi.
Mamlakatda diniy arboblar, yetakchi ulamolar orasida ona tili o‘zbek tili bo‘lgan shaxslar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Shubhasiz, Qirg‘iziston masjidlarida ma'ruzalarni qirg‘iz va rus tilidan boshqa tillarda o‘tkazish taqiqlanishi ona tili o‘zbek tili bo‘lgan fuqarolarning o‘z tilida islom dinini o‘rganishiga to‘sqinlik yaratishi mumkin.
Mavzuga oid
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024
Qirg‘izistonlik ayollar 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirildi
19:40 / 05.11.2024