Rossiya Kuril orollarini Yaponiyaga berish niyatida emasligi ma'lum bo‘ldi
Rossiya Yaponiyaga Kuril orollarining berilish ehtimoli bo‘yicha o‘z pozitsiyasini belgilab oldi, deb xabar qildi RBK o‘z manbalariga tayanib.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, orollarni hech kim Tokioga bermoqchi emas.
«Bunday reja yo‘q», — degan manbalar.
Rossiya TIVga yaqin manbaning qayd etishicha, Rossiya hukumati Yaponiyaga orollarni berishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rad etishni «diplomatiya nuqtai nazaridan istamayapti». Shu bilan birga Tokio Moskva qo‘yayotgan shartlarga ko‘nmasligi oydinlashgan.
Rossiya orollar masalasida ikkita shart qo‘ymoqda, deb eslatgan manba. Birinchisi — 1956-yilgi deklaratsiya asosida ishlash. Bu esa Yaponiya Ikkinchi jahon urushi yakunini to‘laligicha tan olish, xususan Janubiy Kurildagi barcha orollar ustidan Rossiya suverenitetini tan olishini bildiradi. Ikkinchi shart esa orollar mabodo qaytariladigan bo‘lsa, ularga Amerika harbiy bazalarining joylashtirilmasligi.
Avvalroq Abe Kuril orollari bo‘yicha bitim qanday shartda imzolanishini aytgandi.
Mavzuga oid
15:06
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi - Reuters
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
23:13 / 23.11.2024
Kreml yangi safarbarlik bo‘lmasligini ma’lum qildi
22:08 / 23.11.2024