Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zidan: Men «Real»ni o‘ziga munosib o‘ringa qaytarmoqchiman
«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan madridliklar klubi safiga qaytishini izohladi.
«Bu hamma uchun alohida kun ekanini bilaman. Men bu yerga qaytganimdan juda xursandman, eng asosiysi shu. Men «Real»ni o‘zi uchun munosib o‘ringa qaytarish uchun ishlayman.
Bu katta mas'uliyat. Men jamoaning birgina a'zosiman xolos.
Men g‘alabalarimizni unutganim yo‘q, ammo o‘tgan mavsumdagi omadsizlikka ham ishonganim yo‘q. Biz La Ligada g‘alaba qozonolmadik, Ispaniya Kubogini ham erta tark etdik. Ha, biz Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgandik, bu yaxshi. Ammo men qanday klubdaligimni yaxshi his qilib turibman.
Bizda yana 11 o‘yin bor. Vazifamiz – mavsumni yaxshi yakunlash.
Men «Real»dan zarur vaqtda ketgandim. Men klubda o‘zgarishlar davri keldi, deb hisoblagandim.
Menda turli takliflar bo‘ldi, ammo men qaysidir boshqa klubga o‘tishga emas, shu klubga qaytishni istadim.
Men oxirgi to‘qqiz oyni Madridda o‘tkazdim va dam oldim. Men endi bu buyuk klub bilan yangi chaqiriqlarga tayyorman», – degan Zidan.
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi
21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
18:18 / 09.05.2025