Light | 15:07 / 13.03.2019
39843
4 daqiqa o‘qiladi

Odam o‘z hayotini bekorga sarflayotganining 8 belgisi

Vaqtingizni qanday o‘tkazasiz? O‘zingizda mavjud bo‘lgan kunlarni qadrlaysizmi? O‘zlari bilmagan holda vaqtlarini bekorga sarflayotgan kishilarga xos ayrim belgilar quyidagilardan iborat. Umid qilamizki, bu fikr siz haqingizda emas:

«Maqsadsiz o‘tkazilgan yillar maqsad belgilab olgan ma'qul ekanini ko‘rsatdi».

Vaqtini bekorga ketkazadiganlarni ajratib turuvchi jihatlar nimalardan iborat?

Foto: Pixabay

Noliydilar

Bunday kishilar hayotidagi barcha narsadan nolishadi. Bunga atrofdagi kishilar, hukumat yoki osmondagi yulduzlarni aybdor qilib ko‘rsatishadi. Istalgan kishi, faqat o‘zlari emas. Aslida barchasiga ularning o‘zi aybdor. Hayotda yuz bergan voqea emas, unga bildirilgan munosabat muhimroq. Noliydigan kishi emas, hayotini o‘z qo‘llari bilan yaratuvchi inson bo‘ling.

Hayotlarini zerikarli ko‘rinishga keltirishadi

Uy – ish – ovqat pishirish – uy tozalash – uyqu. Boshi va oxiri yo‘q aylana bo‘ylab yurishadi. Miyaga bir xil shablonlar bilan ishlash oson. Shu yo‘l bilan u quvvatni tejaydi va siz uchun jon saqlashni ta'minlashga harakat qiladi. Biroq bu fikrlash uchun qopqondir. Agar doimiy ravishda bir xil ishlar bajarilsa, hayot zerikarli bo‘ladi. Biroq bu aylanani mustaqil uzish va hayotni o‘zgartirish mumkin. Kichik narsalardan boshlash mumkin, yangi yo‘ldan yurish, qiziqarli joylarga borish, ilgari qilmagan ishlarni bajarish.

Kelajak uchun rejalari yo‘q

Buyuk kishilar o‘z oldilariga buyuk maqsadlarni qo‘yadilar. Hayotda biror nimaga erishishni o‘ylamasangiz, hech nima olmaslik ehtimoliga duch kelasiz. Qayerga qarab harakatlanayotganingizni bilish uchun rejalar tuzish foydali.

Foto: Pixabay

Uyqu va hordiq rejimi yo‘q

Ko‘pchilik muvaffaqiyatli kishilar o‘zlarida ish va hordiq rejimi mavjud ekanini aytishadi. Odatda ular erta uxlab, erta turishadi. Masalan, Koko Shanel yaxshi uyquni qadrlagan. Charchagan holatda biror yaxshi narsa yaratish mumkin emas deb hisoblagan.

Salomatliklariga e'tibor berishmaydi

Tanamiz bizga umr bo‘yi xizmat qiladi. U haqida qayg‘urish va uning yaxshi holatda bo‘lishi uchun harakat qilish lozim. O‘z salomatligiga bee'tibor bo‘lgan kishilar keyinchalik buning evaziga juda katta haq to‘lashadi.

Aqllarini mashq qildirishmaydi

Aqlimiz doimiy ravishda yangi ma'lumot va bilimlar ko‘rinishidagi ozuqaga muhtoj. Katta yoshdagi ayrim kishilar yangi narsalarni o‘rganmay qo‘yishadi. Aql ravshanligini doimiy ravishda mashq qildirish va charxlash lozim.

Foto: Pixabay

Biror narsa bilan vaqtni o‘ldirish uchungina shug‘ullanishadi

Bunday kishilarning dam olish vaqti bekorchi mashg‘ulotlar bilan to‘lgan. Masalan, yangiliklar lentasini varaqlash yoki telefonda soatlab suhbatlashish kabi. Bir necha qiziqarli postlarni o‘qish, haqiqatan ham qiziqarli bo‘lgan biror narsa haqida ma'lumot olishning yomon tomoni yo‘q. Biroq bunga bir necha soatni sarflash shartmikan? Bu rivojlanishga yordam beradimi yoki hayotingizni biror qiziqarli narsa bilan to‘ldiradimi? Vaqtni behuda sarflash zararli. Uni qadrlashni o‘rganish kerak. Ana o‘shanda hayotingiz yaxshi tomonga o‘zgaradi.

Biror narsani o‘zgartirishdan cho‘chiydilar

Yangi va noma'lum narsalardan qo‘rqish – organizmning normal himoya reaksiyasi. Qo‘rquvni yengishni o‘rganish lozim. Agar hayotingizda biror nimani o‘zgartirish kerakligini tushungan bo‘lsangiz, hozir buning ayni vaqti. O‘zingiz istagan insonga aylanish uchun hech qachon kech emas.

Mavzuga oid