Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Ukrainaga prezident saylovlarining ertasi kuni qaytishini aytdi
Gruziyaning sobiq prezidenti va Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukrainaga 1 aprelda qaytmoqchiligini, chunki prezident Pyotr Poroshenko 31 mart kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarining 2-bosqichiga o‘ta olmasligiga ishonchi komilligini va bunday holda unga mamlakatga kirishga hech kim to‘sqinlik qila olmasligini aytdi.
“Men 1 aprel kuni “Borispol” aeroportiga (Kiyev) qo‘nmoqchiman. Men bu chiptani Poroshenko 2-bosqichga o‘ta olmasligiga ishonchim komilligi uchun sotib oldim. U 2-bosqichga o‘ta olmagani sabab hech qaysi chegarachi meni Ukrainaga qo‘ymaslik haqidagi uning buyrug‘ini bajarishni istamasligiga ishonchim komil”, deb aytgan Saakashvili jurnalist Dmitriy Gordonga bergan intervyusida.
Saakashvili o‘z so‘zlari isboti sifatida telefonida sotib olingan chiptani ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025