Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuraturaga yangi kodeksni ishlab chiqish haqida topshiriq berdi
Bosh prokuratura uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Ijro ishini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.
Qayd etilishicha, kodeks sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish sohasidagi, shuningdek, ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta'minlash borasidagi protsessual normalarni tizimlashtirishni nazarda tutadi.
Shuningdek, uch oy muddatda:
Majburiy ijro byurosiga jismoniy va yuridik shaxslardan “ishonch telefoni” orqali, shuningdek, elektron tarzda kelib tushadigan murojaatlar o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishi ustidan tizimli nazorat olib borishga qaratilgan dasturiy ta'minotni;
davlat ijrochilarining sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlarini majburiy ijro etishni ta'minlash bo‘yicha samaradorlik va natijadorlikning asosiy ko‘rsatkichlarini (KPI), shuningdek, ular faoliyatini baholash, xizmat bo‘yicha ko‘tarish, rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlik choralarini qo‘llashda ushbu ko‘rsatkichlarni qo‘llash tartibini;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasida tizimli ravishda davlat ijrochilarining malakasini oshirish dasturlari ishlab chiqiladi va joriy etiladi.
Bosh prokuratura manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda sud tomonidan ma'muriy jarimaga tortish holatlaridan tashqari, jarimaga tortish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan sanadan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining 70 foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda u qolgan summani to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi ma'muriy jarimaga tortish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish haqidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.
Bunda quyidagi holatlarda jarimaga tortish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilmasligi nazarda tutiladi:
ma'muriy jarimaga tortish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest keltirilganda;
ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida xuddi shunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganida.
Bundan oldin, majburiy ijro etish jarayoniga mediatsiya instituti joriy etilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:33 / 05.02.2024
Prezident Parij-2024 o‘yinlaridagi natijalar tarixdagi eng yaxshisi bo‘lishi uchun zarur choralar ko‘rishni buyurdi
18:30 / 05.02.2024
Dorilar bepul ajratilsa-da, bemorlar ularni dorixonadan 10 barobar qimmat sotib olmoqda - prezident
18:13 / 05.02.2024
Har bir ona va bola o‘limi favqulodda holat sifatida baholanadi - prezident
14:13 / 05.02.2024