Sport | 11:35 / 15.03.2019
14276
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladesh kriket terma jamoasi otishma vaqtida masjid ichida bo‘lgan

Foto: Mark Baker/AP

Bangladesh kriket bo‘yicha terma jamoasi a'zolari Yangi Zelandiyaning Kraystchyorch shahrida otishma yuz bergan masjid ichida bo‘lishgan. 

Ta'kidlanishicha, sportchilar ESPN jurnalisti bilan birga bino ichida bo‘lganlar.

«Butun jamoa otishma sodir etgan shaxslardan qutulib qoldi! Qo‘rqinchli tajriba, iltimos, biz uchun duoda bo‘ling», - deb yozgan sportchi Tariq Iqbol Xon tvitterda.

Kraystchyorchdagi fojyea mahalliy vaqt bilan soat 13:40 da sodir bo‘ldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, otishma natijasida 27 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Bundan oldin, Yangi Zelandiyadagi fojia tafsilotlari ma'lum bo‘lgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid