Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyadagi hujum qurbonlari soni 49 nafargacha oshdi
15 mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi ikkita masjidda sodir etilgan otishmalar qurbonlari soni 49 nafargacha oshdi, 50 ga yaqin kishi jarohat oldi.
Avvalroq 27 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Ta'kidlanishicha, otishmaning ishtirokchilaridan biri, o‘nlab musulmonlarni otib tashlagan avstraliyalik Brenton Tarrantni norvegiyalik terrorchi Anders Breyvik kabi radikal millatchilar ilhomlantirgan.
Unda, shuningdek, sobiq Yugoslaviyadagi harbiy jinoyatlar bo‘yicha tribunal tomonidan sudlangan serbiyalik siyosatchilar ham qiziqish uyg‘otgan. Jumladan, qotil Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali olib borgan translatsiyasida hujum oldidan bosniyalik serblar yetakchisi Radovan Karajichga bag‘ishlangan qo‘shiq kuylagan.
Tarant hujumda qo‘llagan miltig‘i va unga o‘qdonlarga musulmonlarga qarshi janglar olib borgan sarkardalar familiyalarini yozib chiqqan bo‘lgan.
Terrorchi va uning ikki sherigi qo‘lga olindi. Tarrantga ayblovlar bildirilgan, u 16 mart kuni sud oldida javob bera boshlaydi.
Kriket bo‘yicha Bangladesh terma jamoasi a'zolari otishma olib borilgan masjidlardan biri – “Al-Nur”ga avtobusda yaqinlashishganda otishma ovozini eshitib qolib, baxtli tasodif tufayli omon qolishgan. “Agar biz u yerga 3-4 daqiqa ertaroq kelganimizda ichkarida bo‘lardik”, deb aytgan jamoa menejyeri Xolid Mashud. Uning aytishicha, otishma vaqtida sportchilarni masjiddan bor-yo‘g‘i 50 metr ajratib turgan.
Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern bo‘lib o‘tgan voqealarni terakt deb atagan. OAVning ta'kidlashicha, bu mamlakatda 1943 yildan beri sodir etilgan eng ommaviy qotillikdir: o‘shanda Fezerstoun shahridagi harbiy asirlar turmasida ko‘tarilgan isyon vaqtida 48 nafar yapon askari va bir nafar yangi zelandiyalik o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj
18:08 / 04.04.2025
«Profilaktik tadbirlarni to‘g‘ri tushunishingizni so‘raymiz» – Musulmonlar idorasi masjidlardagi texnik nazorat ishlari haqida
21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi
23:19 / 31.03.2025