Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chinozda erkak kishining jasadi topildi. U tanishi tomonidan do‘pposlangan
2019 yil 15 mart kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumani Rasulobod mahallasida yashagan 49 yoshli R.G‘.ning jasadi uyidan tan jarohatlari bilan topilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 14 mart kuni R.G‘. uyida tanishi, Rasulobod mahallasi Do‘stlik ko‘chasida yashovchi M.Sh. bilan spirtli ichimlik iste'mol qilgan.
Qayd etilishicha, o‘zaro janjal oqibatida M.Sh. uning tanasi turli joylariga urib-tepib, jarohat yetkazganligi aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
09:16 / 20.03.2025