Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bir qator avtobus haydovchilari ishdan olindi
“Toshshahartransxizmat” AJda avtobus yo‘nalishlarida muntazam o‘tkazilayotgan monitoring natijalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Aniqlangan muammolar, ularni bartaraf etish choralari atroflicha muhokama etildi.
Avtobuslardagi nosozliklar, haydovchi va chiptachilar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar yig‘ilishning bosh mavzusi bo‘lgan. Jumladan, avtobuslarda hamon antisanitariya holatlarining uchrayotgani, salon qismlaridagi nosozliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmayotgani, haydovchilarning “GPS” tizimini qasddan o‘chirish kabi qator holatlarning qayd etilayotgani ta'kidlangan.
Ayniqsa, 1-,2-,4- avtobus saroylariga qarashli avtobuslarda ana shunday o‘zboshimchalik va o‘zbo‘larchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani aniqlangan.
Yig‘ilish xulosasiga ko‘ra, bunday holatlarga mas'uliyatsizlik bilan qaragan haydovchilar ishdan olindi.
Bundan oldin, Toshkentda bir nechta avtobus yo‘nalishga chiqarilmagani, ularning sanitariya va texnik holati talab darajasida bo‘lmagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025