Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ikki juft ko‘chat tuhfasi» aksiyasida harbiylar tomonidan minglab ko‘chat ekildi
Bugun, 16 mart kuni Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida «Ikki juft ko‘chat tuhfasi» aksiyasi doirasida minglab yosh ko‘chatlar ekildi, navqiron daraxtlar parvarish qilindi.
Xususan, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Toshkentdagi Urush va mehnat faxriylarining pansionati hududlariga harbiy xizmatchilar hamda kursantlar tomonidan minglab yosh ko‘chatlar o‘tqazildi. Ular orasida manzarali va ko‘p yillik daraxtlar mavjud. Shuningdek, kun davomida daraxtlar butalandi, oqlandi, ariq va ko‘chalar xazondan tozalandi. Xususan, Sharqona yangi yilga katta tayyorgarlik ko‘rildi.
Aksiyada Mudofaa vazirligiga qarashli barcha harbiy okruglar, bo‘linmalarning harbiy xizmatchilari ishtirok etmoqda.
Ma'lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan butun respublika bo‘ylab “Yashil xiyobon”lar tashkil etilgan. Unga ko‘ra, 2019 yil bahor mavsumida 150 mln.dan oshiq manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Mavzuga oid
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi
09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari
16:55 / 22.01.2025