Jahon | 12:45 / 17.03.2019
54605
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiya bosh vaziri teraktdan 9 daqiqa oldin terrorchidan xat olgan

Foto: Reuters

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern 15 mart kuni Kraystcherch shaharchasida sodir etilgan teraktdan 9 daqiqa oldin terrorchidan xat olgan. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, bosh vazir kanselyariyasi otishma boshlanishidan 9 daqiqa avval elektron pochta orqali terrorchi Brendon Tarrantdan xat olgan.

«Unda joy nomi yoki biror aniq detal haqida so‘z bormagan», deya bosh vazirning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Guardian.

Ardern xonimning aytishicha, bu xat kelganidan ikki daqiqa o‘tib xavfsizlik organlari xatning mazmunidan ogohlantirilgan. Tarrant xatni nafaqat bosh vazirga, balki yana 30ta elektron manzil bo‘ylab yuborgan.

15 mart kuni Brendon Tarrant Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidlardan biriga bostirib kirib, 17 daqiqa davomida odamlarga qarata o‘q uzgan va buni Facebook orqali jonli translatsiya qilgandi. Terakt oqibatida 50 kishi halok bo‘lgan,o‘nlab kishilar yaralangan.

Mavzuga oid