Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning yetakchi arxeolog olimlari ilk marta O‘zbekistonga keladi: ekspeditsiya 750 ming dollarga baholanmoqda
2019 yilning yoz mavsumida butun dunyodan 30 nafar yetakchi arxeologlardan guruh ilk marta O‘zbekistonga ekspeditsiya uyushtiradi, ekspeditsiya budjeti 750 ming dollarga baholanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati Kun.uz'ga shu haqida xabar berdi.
16 mart kuni Nyu-York shahrida Bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, Qo‘shma Shtatlardagi diplomatik vakolatxona rahbarlari Amerikaning eng qadimgi ilmiy muassasalaridan biri hisoblangan dunyodagi yetakchi tadqiqotchilar, olimlar va kashfiyotchilarni birlashtirgan Tadqiqotchilar klubining har yili o‘tkaziladigan 115-yig‘ilishida qatnashdi. Ushbu tadbir odamzotning ilk marta Oyga chiqqanligining 50 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda dunyoning turli burchaklaridan 2 mingga yaqin mehmon, jumladan, Kanada Bosh vaziri, Portugaliyaning Turizm bo‘yicha davlat kotibi, “Apollon” missiyasining olti nafar astronavti, Xalqaro kosmik stansiyalarining kosmonavtlari, shuningdek, taniqli olimlar, tadqiqotchilar, yetakchi kompaniya rahbarlari hamda jahon shou-biznesi vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirning asosiy qismida 2019 yilning yozida butun dunyodan 30 nafar yetakchi arxeologlardan iborat Klubning O‘zbekistonga ekspeditsiyasi tashkil qilinishi haqida e'lon qilindi. Bundan maqsad — zamonaviy Qoraqalpog‘iston hududida kashf etilgan qadimiy Xorazmning poytaxtlaridan biri hisoblangan “Bozor-qal'a” tarixiy qal'asini o‘rganishdir.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, “Bozor-qal'a” eramizdan avvalgi VI-IV asrlarga taalluqli. Tadqiqot davomida chet el olimlari o‘sha davr madaniyati, mahalliy aholining o‘ziga xos xususiyatlari, Ahamoniylar imperiyasi bilan siyosiy aloqalari, shuningdek, ko‘chmanchi turmush tarzidan o‘troqqa o‘tish jarayonini o‘rganishadi. Ekspeditsiya natijalariga ko‘ra, 11 oktabr kuni Vashingtondagi O‘zbekiston elchixonasida bo‘lib o‘tadigan Klub a'zolarining kuzgi majlisida ekspeditsiya ishi to‘g‘risida hujjatli film taqdimoti o‘tkaziladi.
Amerika tomonning ma'lumotlariga ko‘ra, ekspeditsiyaning budjeti 750 ming AQSh dollarni tashkil etib, to‘liq yo‘naltirayotgan tomondan qoplanadi. Tadbirning bosh homiysi - Yaponiyaning «Infiniti» ishlab chiqaruvchisi. Ekspeditsiya ishida NASA'ning yuqori texnologiyalaridan foydalanilishi ko‘zda tutilgan.
Tadqiqotchilar klubi rahbariyati bilan muzokaralar davomida AQShning yetakchi olim va tadqiqotchi ayollarining O‘zbekistonga tashrifi va “O‘zbekiston sehrli mamlakatiga Tadqiqotchilar klubi bilan borish uchun taklifnoma” televizion loyihasini AQShning PBS telekanalida namoyish etish orqali bir yil davomida 114 million tomoshabinni qamrab olish masalalari muhokama etildi.
Mavzuga oid
18:42 / 26.05.2025
Arxeolog olim, sobiq madaniyat vaziri Zafar Hakimov vafot etdi
19:41 / 24.06.2020
«Toshkent viloyatida aholi muammolarini bartaraf etish bo‘yicha aksariyat hollarda tegishli tashkilotlarga xat chiqarish bilan cheklanib qolingan» – Senat
19:44 / 22.09.2018
Suv ostida qolgan qadimiy shaharlar
15:29 / 01.06.2018