Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyaning eng boy odami «Chelsi»ni sotib olmoqchi, Abramovich qancha so‘rayotgani ma'lum
«Chelsi» klubi xo‘jayini o‘zgarishi mumkin. Bu haqda The Times xabar tarqatdi.
Nashrga ayon bo‘lishicha, Buyuk Britaniyaning eng badavlat odami Ser Jim Retkliff «aristokratlar»ni xarid qilishga qiziqib qolgan. Kimyo sanoatining 66 yoshli korchaloni shu kunlarda Manchesterning «Team Sky» veloshosse jamoasini sotib olish ishlarini yakunlash arafasida turibdi. Shundan so‘ng u futbol klubiga ham egalik qilish istagini bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, «Chelsi»ning hozirgi sohibi Roman Abramovich klub uchun 2,5 mlrd funt so‘ramoqda. Ta'kidlanishicha, so‘ralayotgan summa Retkliff uchun muammo emas, ammo britaniyalik biznesmen «Stemford Brij» stadionining rekonstruksiyasi ancha qimmatga tushishini o‘ylamoqda. Uning rossiyalik hamkasbi o‘yingoh ta'miriga pul ajratishni istamagandi.
Forbes`ning so‘nggi reytingida Jim Retkliff jahon bo‘yicha 110-o‘rinda, Abramovich esa 107-o‘rinda qayd etilgan. The Times Retkliffning davlatini 21 mlrd funtga baholagan.
Mavzuga oid
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
22:37 / 02.04.2025
Kipr parlamentida Roman Abramovichning firmasini tekshirish talab qilindi
21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi
21:51 / 21.02.2025