Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook tizimlari Yangi Zelandiyadagi terakt namoyishini videoo‘yindan farqlay olmagan
Facebook ijtimoiy tarmog‘ining nomaqbul kontentni aniqlash avtomatik tizimi Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidlarga qilingan terakt namoyishini farqlab, tezkorlik bilan bloklay olmagan. Bu haqda Facebook rahbariyatiga iqtibos keltirgan holda Associated Press (AP) axborot agentligi xabar berdi.
“Videotranslatsiyaning paydo bo‘lishi avtomatik tizimning ishga tushishiga olib kelmagan”, deb aytgan kompaniya vitse-prezidenti Gay Rozen.
AP’ning ta'kidlashicha, sun'iy ong tizimlari katta hajmdagi turli kontentda o‘rgatiladi. Biroq otishmalarning videoyozuvlari ijtimoiy tarmoqlarga kam tushishi sababli Facebook namoyishning qanday mazmundaligini avtomatik tarzda aniqlab, uni bloklay olmagan. Rozenning aytishicha, tizim haqiqiy voqealarni videoo‘yindan farqlay olmagan.
Masjidga hujum qilinishi videosi katta kechikish bilan bloklangani sababli, u internetda tezda tarqalib ketgan. Avvalroq Facebook’da fojiadan bir kun keyin hujum aks etgan 1,5 mlntadan ko‘proq videoyozuv o‘chirib tashlangani ma'lum qilingan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq ma'muriyati otishmani sodir etgan Brenton Tarrantning Facebook va Instagram’da akkauntlarini tezkorlik bilan bloklab qo‘ygan.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
08:37 / 25.04.2025
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi
09:30 / 24.04.2025