O‘zbekiston | 10:34 / 21.03.2019
24020
1 daqiqa o‘qiladi

Mingbuloq tumani hokimi o‘zgardi

Foto: RIA Novosti

Namangan viloyatida xalq deputatlari Mingbuloq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda O‘zA.

Sessiyada viloyat hokimining o‘rinbosarlari, hokimlikning guruh va kotibiyati rahbarlari, viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari boshliqlari, tegishli viloyat, tuman tashkilotlari mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi. Ushbu masala yuzasidan viloyat hokimi, senator Xayrullo Bozorov ma'ruza qilgan.

Sessiyada hozirda Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Nurshod Nurmamatovich Xudoyberdiyevni Mingbuloq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining 2019 yil 20 martdagi qarori deputatlar e'tiboriga havola etildi. Deputatlar viloyat hokimining qarorini tasdiqladilar.

Mavzuga oid