Jahon | 08:34 / 22.03.2019
25301
1 daqiqa o‘qiladi

Gucci «eskirgan» krossovkani taqdim etdi. Uning narxi - 7,3 mln so‘m 

Foto: Gucci

Italiyaning Gucci modalar uyi «kir» poyafzalni taqdim etdi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.

Gap Cruise 2019 kolleksiyasiga tegishli, kompaniyaning maxsus qizil-yashil chiziqchalariga ega krossovkalar haqida bormoqda. Ular atayin xuddi eskirib qolgandek va bundan avval kiyilgandek ko‘rinishga ega.

Foto: Gucci

Lyuks brendning rasmiy saytida aytilishicha, modelning vintaj dizayni 1970-yillar sport uslubiga juda yaqinlashtirilgan.

Poyafzal uch xil rangda mavjud. Bir juftining narxi 870 dollarni (7,3 mln so‘m) tashkil etadi.

Foto: Gucci

Fevral oyida moda sanoatida iste'molchilar odatini tahlil qilishga ixtisoslashgan Lyst platformasi mutaxassislari Gucci’ni dunyodagi eng mashhur brend, deb tan olishdi.

Mavzuga oid