Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura Samarqanddagi qotillik bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi
2019 yil 24 mart kuni soat 00:45larda Samarqand shahri, Shiroq ko‘chasida yashovchi Ye.S. shahardagi Gagarin ko‘chasida yashovchi turmush o‘rtog‘i M.A.ning yashash uyida, u bilan spirtli ichimlik iste'mol qilib, mastlik holatida kelib chiqqan o‘zaro janjal vaqtida, oshxona pichog‘i bilan M.A.ning yelka va qorin sohalariga urib, tan jarohati yetkazib, voqea joyidan yashiringan.
Bosh prokuratura rasmiy xabarida aytilishicha, oqibatda M.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Bildirilishicha, shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan Ye.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan oldin, Zangiotada uch kishini o‘ldirgan shaxs Zominda qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
18:43 / 16.05.2025