O‘zbekiston | 16:30 / 26.03.2019
22523
1 daqiqa o‘qiladi
Quva tumani hokimi o‘zgardi
Xalq deputatlari Quva tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev olib bordi. Bu haqda «Farg‘ona haqiqati» gazetasi saytida xabar berildi.
Sessiya ishiga deputatlar, tumandagi korxona, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari, faollar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Xalimjon Komilovich Umarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Quva tumani hokimi lavozimidan ozod etilib, Ravshan Qurbonov Quva tumani hokimi etib tayinlangan.
Ravshan Qurbonov ilgari Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagandi.
Mavzuga oid
12:39 / 12.11.2024
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdorning o‘zi korrupsiya bilan qo‘lga tushdi
13:10 / 10.11.2024
“Bahordan boshlab qishga tayyorlanamiz” – qish qarshisidagi farg‘onaliklar
10:06 / 10.10.2024
Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
12:23 / 07.10.2024