Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Junglida faqat bitta qirol bo‘ladi» – Habib Nurmagomedov Makgregorning ketishi borasida hazil qildi
UFC bo‘yicha sobiq jahon chempioni Konor Makgregor katta sportdan ketganini e'lon qildi. Uning bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilinmoqda. Makgregorni chempionlik kamaridan mahrum qilgan dog‘istonlik jangchi Habib Nurmagomedov bu borada hazil qildi.
«Junglida faqat bitta qirol bo‘ladi. Faqat bitta»,- deb yozdi Nurmagomedov tvitterdagi sahifasida. U postga qo‘lida bir raqamini ko‘rsatgan suratini ilova qildi. Bu bilan Nurmagomedov o‘zining UFC’dagi yakka hukmronligiga ishora qildi.
There can be only one king in the jungle.
— khabib nurmagomedov (@TeamKhabib) March 26, 2019
Only ☝️ pic.twitter.com/BuqVNUkoR0
Nurmagomedov jungli bilan bog‘lik bu gapni oldin ham ishlatgan. Masalan, Konor Makgregorni mag‘lub etgach, Nurmagomedov yengilmas bokschi Floyd Mayvezerni jangga chorlar ekan, «Junglida bitta qirol bo‘ladi», deb aytgandi.
Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor 2018 yil 6 oktabr kuni AQShning Nevada shtatida tashkillashtirilgan UFC229 jang kechasining markaziy bahsida to‘qnash kelgan va yengil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun kechgan jangning 4-daqiqasida Nurmagomedov bo‘g‘ish usulini qo‘llab, g‘olib bo‘lgandi. Jang tugashi bilan dog‘istonlik sportchi irlandiyalik raqibining jamoasi vakillariga tashlangani katta mojaroga sabab bo‘lgandi. Bu jang UFC tarixidagi eng mashhur va eng serdaromadi bo‘lib tarixda qolgan.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
18:33 / 15.08.2024