Jamiyat | 18:22 / 26.03.2019
13129
1 daqiqa o‘qiladi
Tillani yutib uchmoqchi bo‘lgan yo‘lovchining «parvozi» qoldirildi
Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari quyma tillalarni yashirincha olib chiqib ketishga uringan shaxsni to‘xtatib qolishdi.
Jumladan, «Toshkent-Amritsar» yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan fuqaro D.D.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va fuqaro tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada ushbu fuqaro jami 8 dona quyma tilla bo‘laklarini olib o‘tish maqsadida yutib olganligi ma'lum bo‘ldi. Ammo uning bu urinishlari naf bermadi va narxi qariyb 36 million so‘mlik quyma tillalar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:43 / 03.05.2024
Eski jo‘va bozorida zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
19:30 / 31.01.2023
Imtiyoz, qulaylik va yo‘qolayotgan byurokratiya – bojxona tizimida nimalar o‘zgardi?
23:41 / 11.01.2023
Zargarlik buyumlarini O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha yengillik berildi
07:32 / 07.01.2023