Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov Yunusobod tumanidagi o‘zi tahsil olgan 9-maktabga bordi
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi o‘zi tahsil olgan 9-maktabda bo‘lib, maktab kutubxonasiga o‘z shaxsiy kutubxonasidan kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.
O‘tgan haftada davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev xayrli tashabbusni ilgari surib, bosh vazirdan boshlab har bir rahbarni o‘zi ta'lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilishga da'vat etgan edi.
Bu tashabbus o‘sib kelayotgan yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini, mehrini va intilishini oshirish, kitobxonlikni ommaviylashtirish, ulug‘ bobolarimizga munosib avlodni voyaga yetkazishda muhim hayotiy ahamiyatga egadir.
Kitob insonni tarbiyalaydi, ulg‘aytiradi, yuksak odob-axloqni, insoniy fazilatlarni shakllantiradi. Kitob o‘qib voyaga yetgan bola avvalo chuqur bilimga, keng dunyoqarashga, mustaqil fikrga, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega bo‘ladi.
Bundan oldin, prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov Shofirkondagi maktabga kitoblar sovg‘a qilgandi.
Mavzuga oid
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi
20:47 / 22.05.2025
AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi
22:06 / 13.05.2025