Jamiyat | 20:15 / 27.03.2019
2053
3 daqiqa o‘qiladi

Bojxona institutida Xavfni boshqarish tizimiga bag‘ishlangan xalqaro seminar o‘z ishini boshladi

2019 yil 27 mart kuni Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona institutida Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi Davlat daromadlari qo‘mitasi ekspertlari ishtirokidagi “Bojxona xavflarini boshqarish: Qozog‘iston tajribasi” mavzusida seminarga start berildi.

Yevropa Ittifoqining “Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish (BOMKA-9)” dasturi doirasida  tashkil qilingan mazkur seminarda DBQning Xavflarni monitoring qilish va baholash boshqarmasi xodimlari hamda Bojxona institutining professor-o‘qituvchilari, shuningdek, boshlang‘ich tayyorgarlik kursi tinglovchilari ishtirok etmoqda.

Seminar ishi Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi Davlat daromadlari qo‘mitasi Xavfni boshqarish, statistika va taxlil departamenti rahbari o‘rinbosari Yerlan Baydiljinov, Yevropa Ittifoqining “Markaziy osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish (BOMKA-9)” dasturi koordinatori, Riga texnika universiteti professori  Normunds Rudzitis hamda “Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish (BOMKA-9)” dasturi milliy koordinatori Zulfiya Sibagatulinalar tomonidan olib bormoqdalar.

Seminar dasturi Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi Davlat daromadlari qo‘mitasi ekspertlari tomonidan onlayn videokonferensiya tarzidagi o‘quv mashg‘ulotlarini ham o‘z ichiga olgan.

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3995-son qarorida Bojxona institutini yanada rivojlantirishning asosiy vazifa va yo‘nalishlaridan biri sifatida  yetakchi xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish sohasida tajriba almashish ham nazarda tutilgan.

Seminar doirasida ishtirokchilar xorijiy ekspertlarga O‘zbekistonda bojxona sohasida 2018 yil 1 dekabrdan joriy qilingan Xavfni boshqarish tizimi va uning o‘ziga xos jihatlari haqida ham batafsil ma'lumotlar berishmoqda.

Shu jihatdan olib qaralganda ushbu seminarni o‘zaro tajriba almashish maydonchasi deb ham e'tirof qilish mumkin.

Seminar 2019 yil 29 martga qadar davom etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid