O‘zbekiston | 07:45 / 15.11.2021
2125
1 daqiqa o‘qiladi

Bojxona institutida oliy ta'limdan keyingi ta'lim doktorantura shaklida tashkil etiladi

Davlat bojxona qo‘mitasining “Bojxona institutida oliy ta'limdan keyingi ta'limni tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Mazkur loyiha Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda oliy ta'limdan keyingi ta'limni tayanch doktorantura va doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik shaklida tashkil etish, izlanuvchilar faoliyatini monitoring qilish kabi masalalar o‘z aksini topgan. 

Loyihaning qabul qilinishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'limda tahsil olishni tashkil etish va o‘qish tartibi belgilanadi.

Bildirilishicha, qarorning qabul qilinishi davlat budjetining qo‘shimcha xarajatlar amalga oshirilishini talab etmaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid