Jamiyat | 16:32 / 27.03.2019
5585
2 daqiqa o‘qiladi

Geodeziya va kartografiya sohasida qanday innovatsion texnologiyalar joriy etilmoqda?

Bugun, 27 mart kuni Milliy matbuot markazida «Geodeziya va kartografiya sohasiga innovatsion texnologiyalarni yanada keng jalb qilish borasida belgilangan ustuvor vazifalar» mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida geodeziya va kartografiya sohasiga innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish, milliy geografik axborot tizimini yaratish va uning qulayliklari, «Kartografiya» davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasining faoliyati bo‘yicha ma'lumotlar berildi. Shuningdek 400dan ortiq kartalarni jamlovchi milliy atlas yaratilyotgani haqida ham bildirildi.

Shuningdek, kun tartibiga muvofiq «Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimini modernizatsiyalash» loyihasi doirasida e'lon qilingan jurnalistlar o‘rtasidagi tanlovning g‘oliblarini esdalik sovg‘alar bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, Davergeodezkadastr qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Ixtiyor Ergashev 1997 yilda qabul qilingan «Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida»gi qonun o‘rniga yangi qonun loyihasini ishlab chiqilgani, 2019 yilning birinchi yarmida bu qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi va qabul qilinishi haqida ma'lumot bergan.

Mavzuga oid