Sport | 09:58 / 27.03.2019
10604
2 daqiqa o‘qiladi

Habibning menejyeri: Konor bilan revansh haqida o‘ylamayapmiz

Foto: REUTERS

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedovning menejyeri Rizvan Magomedov Konor Makgregorning faoliyatni yakunlash to‘g‘risidagi qaroriga munosabat bildirdi.

Mutaxassis ta'kidlashicha, Nurmagomedovning jamoasi irlandiyalik bilan revansh haqida o‘ylamagan ham.

«Rostini aytadigan bo‘lsam, men bu haqda umuman o‘ylamagandim. Bizni u nima qilayotgani umuman qiziqtirmaydi. Xohlasa - tugatsin, xohlamasa - yo‘q, biz u haqida ham, revansh haqida ham o‘ylamayapmiz. Revansh unga kerak. Biz uchun bu katta yangilik emas. U pensiyaga chiqishi to‘g‘risida qayta-qayta e'lon qildi. Menimcha, bu diqqatni jalb qilish bo‘yicha navbatdagi hiyla. Aslida u yerda nimalar sodir bo‘layotganligini bilmayman.

Revansh haqida hech qanday gap bo‘lmagan, shuning uchun bu bizni ranjitmadi, bu o‘tgan bosqich. Biz hammasini isbotladik. Hattoki, u qolganda va jang qilganida ham, revansh uchun huquqni qo‘lga kiritishi kerak edi. Biroq, hozircha gap bu haqda ketayotgani yo‘q», - deya Magomedovning so‘zlarini keltiradi «360» telekanali.

Bundan oldin, Makgregor MMA’dagi faoliyatini yakunlashi haqida e'lon qilgandi.

Mavzuga oid