Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murod Xonto‘rayev yana pichoqlangani haqidagi xabarlar rad etildi
Internetda aralash yakkakurashlar jangchisi, o‘zbekistonlik Murod Xonto‘rayevga yana pichoq bilan hujum qilishgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
OAV ma'lumotiga ko‘ra, hodisa bugun, 27 mart kuni, Toshkentda yuz bergan.
«Xonto‘rayev o‘zining yaqinlaridan biri bilan gap talashib qolgan. Natijada mojaroning ikkinchi ishtirokchisi Murod Xonto‘rayevga pichoq bilan hujum qilgan. Xonto‘rayevga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Uning jarohati u qadar jiddiy emasligi aytilmoqda», - deyiladi OAV xabarida.
Kun.uz’ning huquq-tartibot idoralaridagi manbalari ma'lumotiga ko‘ra, bunday voqea yuz bermagan.
«Xonto‘rayev bilan hammasi joyida, u hech kim bilan mojaroga bormagan», - deya aytib o‘tishdi manbalar.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 26 noyabr kuni Toshkent shahridagi «Toshkent savdo markazi» (sobiq Turkuaz) hududida yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev pichoqlab ketilgani xabar berilgandi.
Keyinchalik, internetda MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevning ofisiga uyushtirilgan hujumga oid videolar tarqaldi.
Bundan oldin, Murod Xonto‘rayev bir qator shaxslar bilan birgalikda 2018 yil 21 iyunga o‘tar kechasi Yunusoboddagi tungi klublardan birida «jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan, tartibsizlik qilgani» haqida xabar berilgandi.
Uning o‘zi tan jarohati (ko‘kragiga pichoq bilan zarba berilgan) bilan Yunusoboddagi 7-kasalxona (sobiq 17-shahar kasalxonasi)ga yotqizilgan, keyingi kuni militsiya tomonidan olib ketilgan.
Mavzuga oid
14:46 / 06.01.2022
Murod Xonto‘rayev o‘limi bo‘yicha ochilgan ish tugatildi. Gentra’ga yetkazilgan zarar sug‘urta hisobidan qoplanadi
13:26 / 19.07.2021
MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev avtohalokatda vafot etdi
16:45 / 13.08.2019
Murod Xonto‘rayevni pichoqlagan shaxslarga sud hukmi e'lon qilindi
08:55 / 02.05.2019