Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Business city markazlarida muz qoplamali yopiq maydonlar quriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan quyidagilar:
O‘zbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish dasturi;
2019-2023 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida xalqaro standartlarga javob beradigan yengil konstruksiyali muz qoplamali yopiq maydonlarni qurish hamda ularni zamonaviy sport asbob-uskunalari
va jihozlash manzilli dasturi;
Ommaviy axborot vositalari, internet tarmog‘ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish media-rejasi tasdiqlanishi mumkin.
Dasturning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy budjetlari, jamg‘armalar, sport federatsiyalari (uyushmalari), klublari, xorijiy investorlar, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining:
joylarda barpo etilayotgan “Business city” shaklidagi zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida 2019-2023 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida xalqaro standartlarga javob beradigan yengil konstruksiyali yopiq muz qoplamali maydonlarni qurish hamda ularni zamonaviy sport asbob-uskunalari va jihozlari bilan ta'minlash;
qishki sport turlari bo‘yicha xorijiy mutaxassis va trenerlarni ishga jalb qilish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida uy-joy ajratish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
17:50 / 17.02.2025
Botir Rahimov tennis federatsiyasiga rais bo‘ldi
08:44 / 06.06.2022
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi
09:01 / 08.04.2022
«Olima ayollar jamiyati» nimalar bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi
07:51 / 26.03.2022