Jahon | 19:53 / 28.03.2019
6133
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada UZCARD va O‘zbekistonda «Mir» to‘lov kartalaridan foydalanish bo‘yicha shartnoma imzolandi

Foto: Rossiyskaya gazeta

UzCard to‘lov tizimi Rossiyaning «Mir» to‘lov tizimi bilan hamkorlik qilish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.  

Shartnoma Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan MDH davlatlari Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy forumi doirasida imzolandi.

Shartnoma 2019 yil oxiriga qadar UzCard to‘lov tizimi qatnashchilari bo‘lgan banklar tomonidan «Mir» to‘lov kartalarini qabul qilishni tashkillashtirishni ko‘zda tutadi. 

Shuningdek, «Mir» to‘lov tizimi qatnashchilari bo‘lgan Rossiya banklari tomonidan UzCard kartalari qabul qilinishini ta'minlash rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, ikki mamlakat to‘lov tizimlarining o‘zaro hamkorligi natijasida UzCard «Mir» to‘lov tizimi texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid