Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentga sovitish tizimiga ega yangi 8ta avtobus olib kelindi
Toshkent avtoparklariga konditsionerlarga ega yangi 8ta avtobus olib kelindi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yozgi jaziramada shahar bo‘ylab sovitish tizimlari joriy etilgan avtobuslar yurishni boshlaydi.
«Bu yoz shaharda yashovchi mahalliy aholi va poytaxtimiz mehmonlari nafaqat yangi biznes majmualar va yashash komplekslari, balki qulay haroratda avtobuslarimizda yashash yoki ishlash manziliga yetib olishdan bahramand bo‘ladilar», - deyiladi xabarda.
Joriy yil boshlarida Toshkentga yana 48 ta yangi avtobus keltirilishi xabar berilgandi.
Shuningdek, mart oyi boshida «Toshshahartransxizmat»ning avtobus parklaridagi ulushlari sotilishi mumkin ekani ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025