Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda I Xalqaro investitsion forum bo‘lib o‘tadi
5-6 aprel kunlari Xorazm viloyatida I Xalqaro investitsion forum bo‘lib o‘tadi. Viloyat turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati Kun.uz'ga shu haqida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, forum doirasida Xorazm viloyatining investitsion salohiyati taqdimoti o‘tkaziladi. Shu bilan birga, hududda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar bilan tanishtiruv, xorijiy va mahalliy tashkilotlar o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar hamda xorijiy sarmoyadorlar va hokimliklar o‘rtasida B2G-uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Xorazm viloyatida I Xalqaro investitsion forum doirasida qator kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.
Forumda biznes doira vakillari bilan bir qatorda qator xalqaro moliyaviy institutlar, salohiyatli xorijiy sarmoyadorlar, yirik sayyohlik kompaniyalari, ishbilarmonlik sohasidagi yetakchi ekspertlar ishtiroki ham rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
19:54 / 23.05.2025