Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
350 mln so‘mni olib chiqib ketish maqsadida xonadonga bostirib kirgan bosqinchilar guruhi ushlandi
2017 yil 23 iyul kuni bir nechta noma'lum shaxs Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida yashovchi A.X.ning uyiga bostirib kirgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Ular uning turmush o‘rtog‘i S.A. va 13 yoshli qizi Ya.M.ning og‘iz hamda qo‘llarini bog‘lab, 350 mln. so‘m pullarni polietilen sumkalarga joylab ketayotganlarida, ushbu uyga yaqin joyda tarvuz sotayotgan A.X.ning akasi U.X. noma'lum shaxslarni ko‘rib qoladi.
U.X. ularni to‘xtatmoqchi bo‘lganida, uni urib, tan jarohat yetkazib, sumkani tashlab voqea joyidan yashiringanlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni avvalgi sodir etgan jinoyati uchun ushlangan, vaqtincha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi S.J. bilan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, S.J. bosqinchilik jinoyatini jinoiy sheriklari J.A., J.E., Sh.S. hamda A.I. bilan birga sodir etganliklari aniqlandi va ular ushlandilar.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
08:31 / 09.05.2025