Sport | 15:44 / 03.04.2019
13422
2 daqiqa o‘qiladi

Eshli Yangni maydondan chetlatgan hakam APL tarixiga kirdi

Foto: REUTERS

FIFA referisi Mayk Din Angliya Premer-ligasida 100ta qizil kartochka ko‘rsatgan ilk hakam sifatida chempionat tarixidan joy oladigan bo‘ldi. U 2 aprel oqshomida «Vulverhempton»-«MYu» o‘yinini boshqarib, 57-daqiqada mehmonlar himoyachisi Eshli Yangni ikkinchi marta ogohlantirish bilan maydondan chetlatdi.

Foto: REUTERS

Qayd etish kerak, 50 yoshli hakam Mayk APLda eng ko‘p qizil kartochka ko‘rsatgan hakamlar ro‘yxatida qolganlardan ancha ilgarilab ketgan. BBC keltirgan statistikaga ko‘ra, ikkinchi o‘rindagi Fil Daud 67 marta, 3-o‘rindagi Mayk Rayli 66 marta qizil kartochka ko‘rsatishgan. Yuqori beshlikda, shuningdek, Grehem Poll (63ta «qizil») va Martin Atkinson (58) ham bor.

Mayk Din APLda eng ko‘p marotaba «Chelsi» va «Manchester Siti» a'zolarini maydondan chetlatgan – 9 martadan. Shuningdek, u «Nyukasl» vakillariga 7ta, «Arsenal» a'zolarini 6 marta qizil kartochka bilan jazolagan.

Mavzuga oid