Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Singapur TIV o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarni yetti yillik tanaffusdan so‘ng qayta tiklash taklif etildi
3 aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Singapur mudofaa vazirligi va tashqi ishlar vazirligi davlat katta vaziri, Singapur Janubi-sharqiy okrugi meri Muhammad Maliki Bin Osman boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, suhbatda O‘zbekiston – Singapur munosabatlarini, jumladan BMT va boshqa tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollariga asosiy e'tibor qaratildi.
“O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda yetakchi Singapur kompaniyalarining ishtirok etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi va tomonlarda hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada oshirishga qiziqish mavjudligi tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.
Uchrashuvda tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarni yetti yillik tanaffusdan so‘ng qayta tiklash to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib chiqildi. Muntazam muloqotlarning ushbu mexanizmi tashqi siyosat idoralariga avval erishilgan kelishuvlarning bajarilishini monitoring qilish, hamkorlikning yangi yo‘nalishlariga e'tiborni qaratish hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha fikr almashish imkonini berishi ta'kidlandi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025