Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aksiya davom etadi: kitobga muhabbat uyg‘otib...
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mehribonlik uylariga 720 ta kitob hadya qildi.
Prezidentimizning «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish buyicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida uyushtirilayotgan tadbirlar davom etmoqda.
Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan uyushtirildi. Milliy banki boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari qatorida, viloyat bo‘limlari va Toshkent shahri bosh bosh boshqarmasi rahbarlari bolalarga bu bebaho sovg‘alarni ulashdilar.
Kitobning bola dunyoqarashi shakllanishi, aqliy rivojlanishidagi ahamiyati beqiyos. Aynan kitob orqali inson hayotda omadga va baxtga erishadi.
Qayd etish joizki, joriy yilning 19 martida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, yoshlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgandi.
Unda o‘rtaga tashlangan g‘oya asosida ko‘plab vazirlik, tashkilot va boshqarmalar yoshlarga kitob hadya etish bo‘yicha tadbirlar uyushtirdilar. Milliy bank tomonidan tayyorlangan 40 jildli sovg‘a to‘plamiga o‘zbek va dunyo adabiyotining yetakchi namoyondalari, jumladan – Abdulla Qodiriy, Pirimqul Qodirov, Erkin Vohidov, Deyl Karnegi, Mark Tven, Anton Chexov va boshqa ijodkorlarning sara asarlari jamlandi. Yosh kitobxonlarga ertaklar to‘plami, kichik bolajonlarga esa xorijiy tillarni o‘rganishga ko‘mak beruvchi rang-barang kitoblar taqdim etildi.
Bu tadbirlar butun respublika bo‘ylab bir kunda o‘tkazildi va Milliy bank tashabbusi bilan ko‘plab mehribonlik uylari kitob fondi yanada boyitildi.
O‘zmilliybank matbuot xizmati
Mavzuga oid
15:00 / 30.12.2018
«2020. Yangi strategiya – yangi maqsadlar»
22:58 / 07.10.2018
O‘zbekiston Milliy banki va Fransiyaning «Buig» kompaniyasi turizm infratuzilmasini rivojlantirish sohasida hamkorlik qilishga kelishib olishdi
01:50 / 06.06.2018