Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Moskvada Turkmaniston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
2019 yil 4 aprel kuni MDHga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi (TIVK) yig‘ilishida ishtirok etish uchun Moskva shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, tashqi siyosat idoralari rahbarlari turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan holda, bu boradagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
Bildirilishicha, 2018 yilda o‘zaro tovar aylanmasi hajmi 302 mln. AQSh dollaridan oshib, avvalgi yilning shu ko‘rsatgichiga nisbatan deyarli 70% ko‘proqni tashkil etdi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi borasida fikr almashish chog‘ida Turkmanistonning 2019 yilda MDHga raisligi doirasida hamkorlik qilishga alohida e'tibor qaratildi, deyiladi xabarda.
Bundan oldin, Abdulaziz Komilov Moskvaga borishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025