Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng boy odami sobiq rafiqasiga 35 mlrd dollarlik ulushni beradigan bo‘ldi
Dunyoning eng boy odami, Amazon kompaniyasi asoschisi Jyeff Bezos sobiq rafiqasi Makkenzi Bezosga Amazon’dagi umumiy ulushlarining chorak qismini beradigan bo‘ldi. Shu bilan birga Jyeff Bezos Amazon’ning juftlikka tegishli barcha ovoz beruvchi aksiyalari bo‘yicha ovoz berish huquqini saqlab qoladi. Bu haqda Makkenzi Bezos tvitterda ma'lum qildi. Financial Times nashrining ta'kidlashicha, Makkenzi Bezos Amazon’ning 4 foiz aksiyasini oladi, bu ulush esa 35 mlrd dollarga baholanadi.
Milliarder boshqa aktivlar – Blue Origin aerokosmik kompaniyasi va The Washington Post nashri ustidan nazoratni o‘zida saqlab qoladi, Makkenzi Bezos bu kompaniyalar aksiyalariga da'vogarlik qilmaydi. O‘z navbatida Jyeff Bezos sobiq rafiqasiga yaxshi rafiqa bo‘lgani va ajrashish jarayonida qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgan.
Ajrashish bo‘yicha barcha jarayonlar yakunlangach, Makkenzi Bezos dunyoning eng boy ayollari uchtaligiga kirishi mumkin. Hozirda bu borada Fransuaza Betankur-Mayyers 49,3 mlrd dollar bilan yetakchilik qilmoqda, 2-o‘rinni Elis Uolton 44,4 mlrd dollar bilan egallamoqda.
Bezoslar ajrashishlari haqida yanvarda e'lon qilishgan. Jyeff Bezos va Makkenzi xej-fondda ishlashgan kezlarda 1992 yil tanishishgan. Ular 1993 yilda turmush qurishgan. Bezoslar nikohi 25 yil davom etgan, ularning 4 farzandi bor.
Mavzuga oid
21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi
20:44 / 07.05.2025
8 yoshli bola onasining telefonidan 70 ming dona konfet buyurtma qildi
13:24 / 30.04.2025
Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi
07:50 / 29.04.2025