Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sloveniyada muxlislar klub rahbariyati uchun futbol maydonida qabrlar kavlab qo‘yishdi
Sloveniyaning “Krshko” futbol klubi muxlislari ularning sevimli jamoasi mamlakat chempionatining musobaqa jadvalida oxirgi o‘rinda borayotgani, klub futbolchilari esa oxirgi marta qachon maosh olganlarini eslay olmasliklaridan bamaylixotir uxlay olmayaptilar. Muxlislar bu muvaffaqiyatsizliklarda klub rahbariyati – prezident Zoran Omers va sport direktori Antoni Vrdikni ayblashmoqda.
Muxlislar shu munosabat bilan “quruq gapdan amaliy ishga” o‘tib, norozilik aksiyasi uyushtirishdi. Ular klub futbol maydonining markazida qabrlar qavlab, uning oldida klub xo‘jayinlari familiyalari bosh harflari – O va V’ni o‘yib chiqishgan.
1922 yilda tashkil etilgan “Krshko” chempionatning 24-turidan keyin 16 ochko bilan musobaqa jadvalining oxirgi o‘rnini egallamoqda va vaziyatni tubdan o‘zgartirish uchun nazariy imkoniyatlarga ega. Klubni undan bitta oldindagi “Rudar” bilan 9 ochko ajratib turibdi.
Mavzuga oid
10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
08:00 / 23.05.2025
O‘zbekiston prezidenti Sloveniyaga tashrifini yakunladi
23:48 / 22.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi
20:38 / 22.05.2025